Nepalda bir oy ichida suv toshqini oqibatida 50 ga yaqin odam hayotdan ko'z yumdi

    Nepalda so'nggi bir oy ichida boshlangan musson yomg'iri tufayli yuz bergan suv toshqini oqibatida kamida 50 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda jurnalistlarga mamlakat mehnat, bandlik va ijtimoiy ta'minot vaziri Dol Prasad Aryal ma'lum qildi.

    “Hozirgacha suv toshqini bilan bog'liq jami 55 ta hodisa ro'y berdi”, dedi u. Uning so'zlariga ko'ra, ko'chkilar oqibatida 24 kishi hayotdan ko'z yumdi, 19 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo'ldi, 10 ga yaqin kishi cho'kib ketdi, o'nlab mahalliy aholi bedarak yo'qoldi.

    Vazirning so'zlariga ko'ra, jabrlangan hududlardagi yuzlab uylar vayron bo'ldi, yo'llar suv ostida qolli, elektr uzatish tarmoqlari uzilib qoldi.

    Musson mavsumi Nepalda iyun o'rtalarida boshlangan va sentabrgacha davom etadi. Sinoptiklarning ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda yomg'ir yog'ishi to'xtamaydi, deb xabar beradi tass.ru.