Bu haqda Kathmandu Post gazetasi politsiyaga asoslanib xabar berdi.

Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, Katmanduga ketayotgan avtobusda 24 kishi, Katmandu-Gaur yo'nalishidagi avtobusida esa 41 kishi bo'lgan. Falokat vaqtida 3 nafar yo'lovchi mashinadan tushib qolishga muvaffaq bo'lgan.

Baxtsiz hodisa juma kuni erta tongda sodir bo'ldi. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, biroq ularning ishiga kuchli yomg'ir xalaqit bermoqda.

 

Bundan tashqari, fojia sodir bo'lgan joyga olib boruvchi yo'lning bir qismi ko'chki tufayli to'silib qolgan, deb xabar beradi report.az.