Avvalroq Nepaldagi tartibsizliklar oqibatida 30 kishi halok bo'lgani, 1000 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Sog'liqni saqlash vazirligining yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat bo'ylab jabrlanganlarning 1889 nafari davolanmoqda, 949 nafari esa shifoxonadan chiqarilgan.

Nepaldagi norozilik namoyishlari rasmiylarning barcha ijtimoiy tarmoqlarni bloklash qarori tufayli boshlangan. Namoyishchilar hukumatni iqtisodiy muammolar va korruptsiyada ham aybladi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga qo'yilgan taqiq 9-sentabr kuni bekor qilingan, ammo namoyishlar to'xtamagan. Namoyishchilar parlament, Oliy sud binolari va Prezident Ram Chandra Paudel qarorgohiga o't qo'ydi. U namoyishchilarni muzokaraga chaqirdi, deb xabar berdi report.az.