Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, kamida bir nafar garovga olinganni Isroilga qaytargan har bir kishi oilasi bilan G'azo sektorini xavfsiz tark etishi mumkin, shuningdek, besh million dollar oladi.
“Men bu vaziyatdan chiqishni istaganlarga murojaat qilaman. Bizga garovga olinganlarni (kamida bir kishini) olib kelgan kishi oilasi bilan sektordan (G'azo) xavfsiz chiqib ketishi mumkin. Biz ham uning o'rniga (garovga olingan uchun) besh million dollar beramiz. Tanlang, tanlov sizniki”, dedi Netanyaxu G'azoga tashrifi chog'ida.
2023-yil 7-oktabrda Isroil G'azo sektoridan misli ko'rilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan so'ng Falastinning HAMAS harakati jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata o't ochgan va 200 dan ortiq kishini garovga olgan. Rasmiylarga ko'ra, Isroil tomonida 1,2 mingga yaqin odam halok bo'lgan, deb xabar beradi ria.ru.