Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Amerika yahudiy tashkilotlari rahbarlarining Quddusda bo'lib o'tgan anjumanida ma'lum qildi.
“Nega G'azo xalqiga tanlash imkoniyatini bermaslik kerak? Ular ketaversin”, dedi u.
Hukumat rahbarining so'zlariga ko'ra, so'nggi ikki yil ichida G'azoni 100 ming aholi tark etgan.
“Boylar ketishi mumkin, ammo qolganlar ham ketishni istasa, ketaversin. Biz ularga xavfsiz hududga yetib olish imkoniyatini bermoqchimiz. Agar odamlar ko'chib ketmoqchi bo'lsa, bu ularning tanlovi”, deya qo'shimcha qildi Netanyaxu.
Tramp avvalroq AQSh G'azo sektori “nazoratini qo'lga olishini” va mintaqada qayta tiklash ishlarini olib borishini, shuningdek, uni dunyo uchun “Yaqin Sharq rivyera”siga aylantirmoqchi ekanini aytgan edi, deb xabar beradi report.az.