Binyamin Netanyaxu sudda birinchi marta korrupsiya, firibgarlik va suiiste'mollikka oid uchta ish bo'yicha ko'rsatma berdi. Isroil bosh vaziri 10-dekabr, seshanba kuni Tel-Aviv okrug sudida nutq so'zladi.
“Men haqiqatni aytish uchun sakkiz yil kutdim. Menga qarshi yovvoyi va kulgili ayblovlarni rad etish uchun sakkiz yil kutdim”, dedi Netanyaxu. Ammo men bosh vazirman. Men mamlakatni yetti frontda urush olib borgan holda boshqaryapman”. U barcha ayblovlarni inkor etib, o'ziga qarshi ochilgan ishlarni “bema'nilik” va “jodugar ovi” deb atadi.
Sud eshituvlari xavfsizlik nuqtai nazaridan Quddusdan ko'chirilgan yer osti sud zalida bo'lib o'tdi. U taxminan to'rt soat davom etdi. Navbatdagi yig'ilish 11-dekabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Bosh vazir dekabr oyining oxirigacha haftasiga uch marta, kuniga olti soatdan ko'rsatma beradi. U avval advokatlari tomonidan so'roq qilinadi, so'ngra o'zaro so'roq qilinadi. Dpa ma'lumotlariga ko'ra, ishni ko'rib chiqish bir necha yilga cho'zilishi mumkin.
2019-yilda Netanyaxuga birdaniga uchta ish bo'yicha ayblovlar qo'yildi. Gap boshqa narsalar qatori uning milliarder do'stlaridan qimmatbaho sovg'alar olgani, shuningdek, uning faoliyatini ijobiy yoritish evaziga media-magnatlar uchun tartibga solish imtiyozlar so'ragani haqida bormoqda, deb xabar beradi dw.com.