Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh Prezidenti Donald Tramp Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga nomzodini ko'rsatganini e'lon qildi.
“Men sizga Nobel qo'mitasiga yuborgan maktubimni bermoqchiman. U sizni Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko'rsatadi. Siz bunga loyiqsiz va uni olishingiz kerak”, dedi u Oq uyda Amerika rahbari bilan uchrashuvda.
Netanyaxu Trampning “dunyoda va ayniqsa Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikka erishish”ga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuksak qadrlashini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi tass.ru.









