Times of Israel nashrining yozishicha, bu Netanyaxuning 2024-yil noyabrida Xalqaro jinoyat sudi (XJS) uni hibsga olishga order berganidan keyin Yevropaga ilk safaridir.
XJS Netanyaxu va Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G'azo sektoridagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, hibsga olishga order bergandi. Sud, shuningdek, Isroilning o'z fuqarolariga qarshi order berish bo'yicha sud yurisdiksiyasiga e'tiroz bildirgan dalillarini ham rad etdi. Isroil, shuningdek, butun Falastindagi vaziyat bilan bog'liq ishlarni ko'rib chiqish uchun XJSning yurisdiktsiyasiga qarshi chiqdi, deb xabar beradi ria.ru.
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 2024-yil noyabrida Netanyaxuni mamlakatga taklif qilish niyatida ekanini va XJS qarori o'z hududida amalga oshirilmasligi kafolatlatlanishini aytdi. Vengriya Bosh vaziri ma'muriyati rahbari Gergey Guyyashning aytishicha, Vengriya XJS nizomini ratifikatsiya qilmagan, shuning uchun Isroil Bosh vaziri order bilan hibsga olinishidan xavotirlanmasdan mamlakatga xotirjamlik bilan tashrif buyurishi mumkin.