Netanyaxu Yaqin Sharqda NATOga o'xshash yangi harbiy ittifoq tuzish tashabbusini ilgari surdi

    Isroil bilan tinchlik o'rnatgan va Isroil bilan tinchlik o'rnatadigan barcha davlatlar ushbu ittifoqqa taklif qilinishi kerak, dedi Netanyaxu.

    Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh Senati va Vakillar palatasining qo'shma yig'ilishida so'zga chiqib, Yaqin Sharqda Yevropadagi NATOga o'xshash xavfsizlik ittifoqini tuzishga chaqirdi, deb xabar beradi tass.ru.

    Ikkinchi jahon urushidan so'ng AQSh “Sovet tahdidining kuchayishiga qarshi turish uchun Yevropada xavfsizlik alyansini” tuzdi va bugungi kunda “Amerika va Isroil o'sib borayotgan Eron tahdidiga qarshi turish uchun Yaqin Sharqda xavfsizlik alyansini tuzishi mumkin”, dedi Isroil bosh vaziri. “Isroil bilan tinchlik o'rnatgan va Isroil bilan tinchlik o'rnatadigan barcha davlatlar ushbu ittifoqqa taklif qilinishi kerak”, deya qo'shimcha qildi u.