"Birinchi odam kecha Neuralink implantini oldi, tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda", deb yozgan Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy blogida. Ta`kidlanishicha, chipning ishlash ko‘rsatkichlari ko‘p narsalarni vada qilmoqda.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, Neuralink’ning birinchi chipi Telepathy deb ataladi. Bu odamga telefon va kompyuterni fikrlash orqali boshqarish imkonini beradi. "Birinchi bo‘lib chiplar oyoq-qo'li ishdan chiqib, shol bo'lib qolganlarga implantatsiya qilinadi ", dedi Mask.
"Tasavvur qiling, Stiven Xoking o'z fikrini dunyodagi eng tez tekst teruvchi yoki auktsionerdan ham ko'ra tezroq ifoda eta oladi. Asosiy maqsad shu", - deya tushuntirdi milliarder.