Qurilma unga fikr kuchi bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, messenjerlarda suhbatlashish va hatto o‘yin o‘ynash imkonini beradi. Kontekst uchun sizga eslatib o'tamizki, yigit bo'ynidan pastga butunlay shol bo'lib qolgan.
Yigitning gaplariga ko‘ra chipdan hech qanday noqulaylik yo'q. Chipni Neuralink ilovasi yordamida Bluetooth orqali kompyuterga va boshqa qurilmalarga ulanadi. Qurilma uzoq muddatda ishlashga bardosh bera oladi. Bemor chipdan har kuni ertalab soat 7 dan kechki 23:00 gacha foydalangan va shu paytgacha hech qanday nosozlik, noqulayliklarni kuzatmagan.