New Shepard bortida olti nafar sayyoh bilan havoga ko'tarildi

    Amerikaning qayta foydalanish mumkin bo'lgan New Shepard fazoviy kemasi payshanba kuni oltita koinot sayyohdan iborat tijorat ekipaji bilan suborbital parvozga chiqdi.

    NS-26 missiyasi doirasida New Shepard raketasi Texas g'arbidagi Van-Xorn shahri yaqinidagi Corn Ranch uchirish maydonidan havoga ko'tarildi.

    Koinot chekkasiga tijoriy turizm missiyalari uchun mo'ljallangan qayta foydalanish mumkin bo'lgan New Shepard raketasi bir bosqichli 18 metrli raketa-tashuvchi va olti kishiga mo'ljallangan tushish kapsulasidan iborat. U favqulodda qutqaruv tizimi va parashyutlar bilan jihozlangan.

    Parvoz taxminan 11 daqiqa davom etadi. 110 soniya davom etadigan vertikal tezlanishdan so'ng, tushish moduli tashuvchidan ajralib chiqadi, u inertsiya bo'yicha taxminan 105 kilometrgacha, ya'ni Karman chizig'idan biroz yuqoriroq balandlikka ko'tarilishni davom ettiradi, deb xabar beradi report.az.