Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qildi.
"Ushbu islohotdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talabları asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishdan iborat", deyiladi xabarda.
Shuningdek, maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar o‘rtasidagi uzviylik va izchillikni ta’minlash, ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy etish hamda uning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.