Ushbu sondа O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi intellektual platforma sifatida bo‘y ko‘rsatgani, markaz bunyod etilgan maskanning tarixiy asoslari hamda majmuaga tashrif buyuruvchi bolajonlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida qiziqarli maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu maxsus sahifalarda
- Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Bahrom Abduhalimovning "Yurt taraqqiyotida yangi intellektual platforma";
- O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muhammadovning "Markaz aynan Xastimomda qurilishining tarixiy asoslari";
- “Gulxan” jurnali bosh muharriri Zahro Hasanovaning "Farzandlarimiz aql-zakovatini ham boyitadi" sarlavhali maqolalarning elektron shaklini o‘qishingiz mumkin.