Xalqaro kontent bozorida Özbekiston ham öz kino mahsulotlarini taqdim etdi. Mamlakat delegatsiyasi turli janrlardagi 300 dan ortiq film va 9 ta yirik kinoloyihani namoyiş qildi.

Tadbir doirasida özbekistonlik vakillar potensial xaridorlar hamda xorijiy hamkorlar bilan bir qator uçraşuvlar ötkazdi. Unda milliy kino mahsulotlarini xalqaro bozorga olib çiqiş va hamkorlik aloqalarini kengaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Qayd etilişiça, bunday xalqaro maydonlar mahalliy kino va boşqa audiovizual kontent mahsulotlarini xorijiy auditoriyaga yetkaziş, yangi hamkorlar topiş hamda xalqaro distributsiya imkoniyatlarini kengaytirişda muhim ahamiyatga ega.

Özbekiston delegatsiyasining keyingi uçraşuv manzili — 2027-yilda ötkaziladigan Taşkent Content Market böladi.