Shundan 4,5 trillion soʻm yoki 63,1 foizi naqd toʻlovlar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 2,6 trillion soʻm yoki 36,9 foizi naqd pulsiz toʻlovlar orqali amalga oshirilgan. Oʻrtacha bir chek miqdori 21 785,5 soʻmni tashkil etgan.

Hozirda agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish bilan 481,1 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi shugʻullanmoqda. Ular orasida 4 107 nafar ayol ham faoliyat yuritmoqda.

Hisobot davrida taksi xizmati koʻrsatgan 7,9 ming nafardan ortiq haydovchi 100 million soʻmdan ziyod daromad olgan. Daromadlar kesimida:

— 50–100 million soʻm — 31,5 ming nafar;
— 10–50 million soʻm — 124,4 ming nafar;
— 5–10 million soʻm — 59,9 ming nafar;
— 1–5 million soʻm — 123,6 ming nafar;
— 1 million soʻmgacha — 133,7 ming nafar haydovchi.

Taksi xizmatida eng koʻp foydalanilayotgan avtomobillar orasida Cobalt 27 foiz, Nexia 19,3 foiz va Lacetti 16,1 foizni tashkil etmoqda. Elektromobillar ulushi esa 2,5 foizga teng.

Avtomobillarning ishlab chiqarilgan yili boʻyicha taqsimotida 1–3 yillik avtomobillar 16,3 foizni, 3–5 yilliklari 37,1 foizni, 5–10 yilliklari 17,3 foizni va 10 yildan oshgan avtomobillar 29,2 foizni tashkil etgan.

2026 yilning yanvar–avgust oylarida taksi agregatorlari tomonidan jami 149,2 milliard soʻm soliq toʻlangan. Shundan 46,8 milliard soʻmi qoʻshilgan qiymat soligʻi hissasiga toʻgʻri keladi.