Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasblarga oʻqitish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Toʻgaraklar universitetdagi taʼlim yoʻnalishlarining mazmuni va mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan.

Bugungi kunda ularda yoshlar nazariy bilimlarini amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻunlashtirib, zamonaviy kasbiy koʻnikmalarni egallamoqda.

Eʼtiborlisi, toʻgaraklar faqat universitet talabalari uchun emas. Oliygohga yaqin hududlarda joylashgan texnikumlar, akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ham ushbu mashgʻulotlarda ishtirok etishlari mumkin.

Hamkorlik materiali