Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 2001 va 2002 yillarda tugʻilgan ikki nafar shaxs oldindan kuzatuvga olingan.

Ular muqaddam qoʻshni respublikadan kontrabanda yoli bilan olib kirilgan 5 kilogramm 160 gramm “opiy” moddasini Toshkent viloyatining Boʻka tumani hududidan olib ketayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.