Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur roʻyxatdan oʻtkazish Samarqand nonining oʻziga xosligini eʼtirof etish, milliy gastronomik merosni asrash hamda mahsulotning bozordagi nufuzini oshirish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri hisoblanadi.

«Samarqand noni» nomining geografik koʻrsatkich va tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi milliy brendlarni huquqiy muhofaza qilish va ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

«Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq, tovar belgisi uchun guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.

Maʼlumot uchun, 2025 yil fevral oyida «Samarqand noni» geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan edi.