Bu haqida «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, masjidga Turkiyaning murakkab davrlardan birida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordami va birdamligi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida «Buxoro» nomi berilgan.
Inshoot 3200ga yaqin xonadonni o‘z ichiga olgan yirik turar-joy massivining markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Bino zamonaviy arxitektura, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi.
Mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va gumanitar hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini taʼkidlandi.