Ushbu tadbir sog‘liqni saqlash tizimida preventiv yondashuvlar bo‘yicha muhokamalarni yangi bosqichga olib chiqib, respublikani Markaziy Osiyoda bu yo‘nalishning keyingi rivoji uchun muhim platforma sifatida namoyon etdi.

“Soyuz PREVENTMED” platformasi hamda sog‘liq va go‘zallik uchun innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xalqaro kompaniya Siberian Wellness ko‘magida tashkil etilgan keng ko‘lamli forum bir sahnada yetakchi olimlar, amaliyotchi shifokorlar va biznes vakillarini jamladi. Spikerlar orasidan preventiv va integrativ tibbiyot sohasining yetakchi mutaxassislari ham joy olgan edi, jumladan:

— Andrey Gostriy, PreventAge® Integrativ preventiv va anti-age tibbiyot instituti asoschisi va rahbari, Amerika anti-age tibbiyot akademiyasining sertifikatlangan a’zosi;
— Gleb Kuzminov, tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt, reabilitolog, anti-age va tiklovchi tibbiyot mutaxassisi, Amerika anti-age tibbiyot akademiyasi va PreventAge® assotsiatsiyasi a’zosi;
— Anna Proxorova, tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali nevrolog, miya faoliyatini samarali tashkil etish va insonning kognitiv imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis;
— Nadira Akilova, preventiv, integrativ va funksional tibbiyot shifokori, Anti-Age terapiya va sog‘lom uzoq umr ko‘rish bo‘yicha mutaxassis, oftalmolog. O‘zbekistonda “PreventAge” xalqaro instituti rasmiy vakili.

Forumning asosiy maqsadi — insonning jismoniy va ruhiy holati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tizimli ravishda tushuntirish, e’tiborni kasalliklarni davolashdan ularni oldini olishga qaratishdan iborat bo‘ldi.



Tarqoq bilimlardan yagona tizimga

Мозг 360” forumining markaziy mavzusi zamonaviy muammolar: surunkali stress, uyqu yetishmasligi va axborot yuklamasi sharoitida miya faoliyati va uning kognitiv funksiyalarini o‘rganish bo‘ldi. Mutaxassislar muammolarni shunchaki tilga olibgina qolmay, balki amaliy yechimlar ham taklif etdilar. Ular ilmiy yondashuv va profilaktika inson hayoti sifati va samaradorligini qanday tubdan oshirishi mumkinligini ko‘rsatib berdilar.

Panel muhokamalari va ochiq muloqotlar davomida quyidagi masalalar atroflicha tahlil qilindi:
• uyquning tiklanish va kognitiv qobiliyatlarga ta’siri;
• stressning gormonal va immun tizimlarga salbiy oqibatlari;
• jismoniy salomatlik bilan hissiy va resurs holati o‘rtasidagi bog‘liqlik;
• organizmga g‘amxo‘rlik orqali yetakchilik salohiyatini saqlab qolish yondashuvlari.

Shu tariqa forum sog‘lom turmush tarzini alohida odatlar yig‘indisi emas, balki boshqariladigan yagona tizim sifatida talqin etdi. Bu esa butun jamiyatda salomatlik madaniyatini shakllantirish nuqtayi nazaridan, ayniqsa, muhimdir.

Preventiv tibbiyot mutaxassislari uchun ilk mukofot

Forum doirasidagi muhim voqeliklardan biri — Central Asia Preventive Medicine Award mukofotining ilk bor topshirilishi bo‘ldi. Ushbu mukofot mintaqada ilmiy asoslangan profilaktika tamoyillarini joriy etayotgan mutaxassislarning hissasini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan. Mazkur tashabbus professional hamjamiyatni shakllantirish, ekspert muhitini rivojlantirish va Markaziy Osiyoda preventiv tibbiyot nufuzini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Butun mintaqa uchun yangi bosqich

O‘zbekiston uchun “Мозг 360” shunchaki tadbir emas, balki rivojlanish nuqtasiga aylandi: mamlakat xalqaro professional muloqot markazi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Bunday platformalarning paydo bo‘lishi respublika ichida sog‘lom turmush madaniyatining rivojlanishiga xizmat qiladi, mahalliy mutaxassislarga esa yangi tajriba va nufuz olib keladi.

Mintaqaviy darajada esa forum turli mamlakat mutaxassislarini yagona kun tartibi atrofida birlashtirib, muhim integratsion rol o‘ynadi. Bu Markaziy Osiyoning xalqaro tibbiy hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlab, davolash tizimidan sog‘liqni muhofaza qilish tizimiga o‘tish global trendiga moslashuvni tezlashtiradi.

Tashkilotchilar bunday miqyosdagi forumlarni har yili o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Rejalarga ko‘ra, tadbir ko‘lami ikki baravar kengaytiriladi, ishtirokchilar geografiyasi oshiriladi hamda Central Asia Preventive Medicine Award mukofoti topshirish marosimi an’anaga aylantiriladi. Bu esa O‘zbekiston ilm-fan, tibbiyot amaliyoti va sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy platforma sifatidagi o‘z mavqeyini yanada mustahkamlashda davom etishini anglatadi.

Telefon: (+998) 78−113−87−67.

Sayt: uz.siberianhealth.com

Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan

Instagram: @siberian.uz

Telegram: t.me/swuzbekistan

Siberian Wellness matbuot xizmati.

Реклама.