Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.