Taqdimot doirasida xalqaro ilmiy seminar bölib ötişi rejalaştirilgan.

Qatar Taşqi işlar vazirligi Diplomatiya institutida taşkil etilgan taqdimot va xalqaro ilmiy seminarda Özbekiston va Qatarning ilm-fan, madaniyat va taʼlim sohalari vakillari iştirok etib, Movarounnahr allomalarining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qöşgan hissasi, islom ilmlari rivoji va ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişi kutilmoqda.

Taqdimotning asosiy maqsadi buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini çuqur örganiş, uni zamonaviy yondaşuvlar asosida xalqaro miqyosda tarğib etiş, şuningdek, Özbekistonning jahon islom sivilizatsiyasi tarixidagi munosib örnini namoyon etişdan iborat.

Taqdimot Özbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elçisi Aşraf Xöjayev, Qatar davlat vaziri, Qatar Milliy kutubxonasi raisi doktor Hamad bin Abdulaziz al-Kavoriy hamda Qatar Sivilizatsiyalar alyansi qömitasi vakili doktor Ahmad bin Hasan al-Hammodiyning qutlov sözlari bilan oçildi.

Movarounnahr tilga olinganda, insoniyatning taraqqiyot yölini yoritgan buyuk allomalar nomlari köz öngimizda gavdalanadi.

Bu zamindan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan eng işonçli hadislarni jamlagan Imom Buxoriy yetişib çiqqan. Bu yerda Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar kamol topgan. Bu — butun dunyo hanuzgaça uning algoritmlaridan foydalanib kelayotgan Muhammad Xorazmiy vatani. Bu — Yerni ölçagan va xalqlarga xolis baho bergan Abu Rayhon Beruniy yurti. Bu — «Tib qonunlari» asari asrlar davomida Yevropa universitetlarida tibbiyotning asosiy manbalaridan biri bölib xizmat qilgan Ibn Sino zamini. Bu — Samarqanddagi rasadxonasidan yulduzlarni kuzatgan Mirzo Uluğbek yurti.

Buxoro, Samarqand va Toşkent Buyuk ipak yölining muhim bekatlari bölgan. Bu şaharlar orqali karvonlar turli mollar va buyumlarni olib ötgan bölsa, ğoyalar va tafakkur durdonalari ulardan ham uzoqroq yaşaydigan maʼnaviy boylik sifatida tarqalgan.

Şu örinda biz Özbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqiga, ayniqsa, uşbu muborak taşabbus muallifi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Şavkat Mirziyoyev janobi oliylariga Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazidek muhtaşam maskanni bunyod etganliklari uçun çuqur minnatdorlik va yuksak ehtiromimizni izhor etamiz.

Uşbu markazning ahamiyati faqat Özbekiston va uning buyuk tarixiy merosini dunyoga tanitiş bilan çeklanmaydi. Albatta, buning özi ham nihoyatda uluğ va muhim vazifadir - dedi Qatar Milliy kutubxonasi raisi doktor Hamad bin Abdulaziz al-Kuvariy öz nutqida.

Taqdimot doirasidagi xalqaro ilmiy seminarda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş böyiça Butunjahon jamiyati boşqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov “Islom sivilizatsiyasi markazi: missiyasi, loyihalari va hamkorlik yönalişlari” mavzusida maxsus maʼruza qildi.

Maʼruzada Markazning taşkil etilişi zamirida turgan strategik maqsadlar, uning ilmiy-tadqiqot, maʼrifiy va xalqaro hamkorlik yönalişlari haqida söz yuritildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan uşbu yirik loyiha Özbekistonning köp asrlik ilmiy-maʼnaviy merosini asrab-avaylaş, buyuk allomalarning jahon tamadduni rivojiga qöşgan hissasini oçib beriş va uni kelajak avlodlarga yetkazişga xizmat qilişi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari buyuk ajdodlarimiz merosini asraş, çuqur örganiş, dunyoga tanitiş va yoş avlodga yetkazişni davlat siyosati darajasiga kötardi. Olimlar, tadqiqotçilar, muzeyşunoslar va ijodkorlarni umumiy maqsad atrofida birlaştirdi. Bu ğoyaning markazida inson, uning bilimi, maʼnaviyati va kelajagi turadi. Ajdodlarimiz yaratgan har bir asar, qoldirgan har bir kaşfiyot bugungi avlod uçun yangi imkoniyatlar manbai bölişi kerak.

Biz har bir asar ortida olimning tafakkurini, har bir kaşfiyot ortida izlaniş va mehnatni, har bir tarixiy yuksaliş ortida ilmga bölgan eʼtiborni körsatişga intilamiz. Tarix gapirişi kerak. Madaniy meros inson bilan muloqot qilişi kerak.

Ötmiş bugungi avlodni yangi bilim va yangi kaşfiyotlarga ruhlantirişi kerak. Biz uçun eng muhim natija — Markazga kelgan yoşning qalbida ilmga iştiyoq uyğonişidir. U öz ajdodlarining yutuqlarini anglab, öz oldiga katta maqsadlar qöysin, izlansin, yaratsin, insoniyat taraqqiyotiga öz hissasini qöşişga intilsin.

Meros oldidagi masʼuliyatimizni tört vazifada köramiz: asraş, örganiş, boyitiş va kelgusi avlodlarga yetkaziş. Merosni asrab — xotiramizni saqlaymiz, uni örganib — tafakkurimizni boyitamiz, yangi bilim yaratib — sivilizatsiya davomiyligini taʼminlaymiz, - dedi markaz direktori.

Ilmiy seminarning asosiy maʼruzalarida Özbekiston zaminida şakllangan buyuk ilmiy maktablar va allomalar merosining turli qirralari muhokama qilindi.

Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimi Şayx Abdulaziz Mansur “Usmon Muşafi — Özbekiston va butun musulmon olamining muqaddas obidasi” mavzusida maʼruza qildi. Unda Usmon Muşafining islom olamidagi tarixiy va maʼnaviy ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.

Qatar universiteti Şariat fakulteti dekani doktor Ibrohim al-Ansoriy Movarounnahr olimlarining Qurʼon va hadis ilmlariga qöşgan hissasi haqida söz yuritdi. Qatar universiteti Şariat va islomşunoslik fakulteti dekanining örinbosari doktor Muhammad al-Musleh Imom Termiziyning “Sunan” asarining zamonaviy islom taʼlimidagi ahamiyatini yoritdi.

Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi Ikrom Abdullayev “Xorazm Maʼmun akademiyasi: Xorazmiy va Beruniy merosining jahon ilm-fanidagi örni” mavzusida maʼruza qilib, uşbu ilmiy maktabning jahon ilm-fani tarixidagi ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.

Şuningdek, Hamad bin Xalifa universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasida musulmonlarning hissasini örganiş markazi direktori professor Oişa al-Mannaiy Markaziy Osiyo olimlarining islom sivilizatsiyasiga qöşgan hissasi haqida fikr bildirdi. «Al-Fanar» Islomni tanitiş markazi direktori doktor Solih al-Marriy Imom Moturidiy taʼlimoti va möʼtadil islom qadriyatlariga bağişlangan maʼruza bilan iştirok etdi. Qatar universiteti huzuridagi Sivilizatsiyalar muloqoti kafedrasi dotsenti, professor doktor Izzuddiyn Maʼmiyş esa Özbekiston va Qatarning sivilizatsiyalar muloqotidagi örnini yoritdi.

Uşbu anjuman Qatar va Özbekiston örtasidagi kelgusi hamkorlik uçun muhim qadamdir. Har ikki davlat islom madaniyatini keng tanitiş, musulmon olimlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasini örganiş va tinçlik ğoyalarini tarğib qilişda muhim örin tutadi.

Qatar arab tilini örgatiş, qölyozmalarni raqamlaştiriş va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi tajribasi bilan örtoqlaşişga tayyor. Özbekiston esa boy tarixiy va madaniy merosi orqali uşbu hamkorlikni yanada rivojlantirişi mumkin. Qöşma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro anjumanlar va madaniy loyihalar ikki xalq örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Inşaalloh, Qatar va Özbekiston örtasidagi hamkorlik kelgusida yanada rivojlanadi, - dedi Qatardagi Hamad bin Xalifa universiteti Islom tadqiqotlari fakultetining Islom sivilizatsiyasiga musulmonlar qöşgan hissani örganiş markazi katta ilmiy tadqiqotçisi Muhammad Modassir Ali.

Tadbir doirasida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi naşrlari körgazmasi ham taşkil etilib, iştirokçilarga mamlakatimizdagi boy tarixiy va ilmiy-maʼnaviy merosni aks ettiruvçi kitoblar bilan tanişiş imkoniyati yaratildi.

Yakuniy sessiyada taqdimot natijalari sarhisob qilinib, ilmiy, madaniy va taʼlim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari, yangi şeriklik aloqalarini yölga qöyiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Doha şahrida ötkazilgan mazkur xalqaro taqdimot Özbekistonning boy ilmiy-maʼnaviy merosini jahon hamjamiyatiga keng tanitiş, islom sivilizatsiyasini xolisona örganiş va tarğib etiş, şuningdek, Özbekiston va Qatar örtasidagi ilmiy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan muhim taşabbuslardan biri böldi.