Xodimlarning avtomashinani toʻxtatish haqidagi qonuniy talabiga boʻysunmay, qochishga urinган haydovchi tezkor choralar natijasida toʻxtatildi.

Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasidan yopishqoq idish va paketlarga oʻralgan, dumaloq shaklga keltirilgan, umumiy ogʻirligi 4 kilogrammdan ortiq «gashish» giyohvandlik moddasi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaroning uyali aloqa vositasi tekshirilganda, «WhatsApp» orqalI nomaʼlum shaxs tomonidan yuborilgan lokatsiya aniqlandi. Mazkur manzil boʻyicha oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Boʻstonliq tumani «Qapal» mahallasida yana 1 kilogramm 40 gramm «gashish» giyohvandlik moddaSi topildi.

Shu tariqa, jami 5 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi doirasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Giyohvandlik moddasining kelib chiqishi, uni yetkazib berish va tarqatish bilan bogʻliq holatlar hamda ushbu jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlashga qaratilgan tezkor va protsessual tadbirlar davom etmoqda.