Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, delegatsiyani Afgʻoniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi Muhammad Saidkarim Hoshimiy, Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov hamda Savdo va sanoat vaziri oʻrinbosari Mavlaviy Shahobiddin Sakib kutib oldi.
Tashrif doirasida delegatsiya Kobul va Hirot shaharlarida boʻlishi rejalashtirilgan boʻlib, Hirot shahrida yangi savdo uyini ochish ham koʻzda tutilgan.
Ushbu tashrif Afgʻoniston bozorini oʻrganish, mahalliy talabga mos mahsulotlar ishlab chiqish, eksportni kengaytirish va ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida barqaror hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etildi.