Keyingi paytlarda sportga, to'g'rirog'i, futbolga ixtisoslashgan ammaviy axborot vositalarida Frantsiyaning PSJ klubi prezidenti Nosir Al Xilayfiy va  klub hujumchisi Neymar o'rtasida ziddiyat paydo bo'lgani haqida yozilmoqda.

SHu gap rostga o'xshaydi. El Pais nashri xabariga qaraganda, PSJ rahbariyati Neymarga uni ushbu transfer oynasida ijaraga berishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Manbada aytilishicha, klub Neymarning ijara vaqtida barcha maoshini to'lashga tayyor.

Avvalroq Sky Sports nashri “CHelsi” Neymarga qiziqayotgani haqida xabar bergandi, RMC Sport esa futbolchini “Manchester YUnayted” o'z safiga qo'shishga tayyor ekanligini aytgandi. 

2017 yili “Barselona” Neymarni PSJga 222 mln evroga sotgan.  2021 yilda esa hujumchi klub bilan shartnomasini 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan. 

Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda parijliklar safida barcha turnirlarda 28ta o'yinda harakat qilib, 13ta gol urdi va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Xullas, dunyoning eng qimmat va eng zo'r futbolchilaridan biri bu yilgi mavsumni ijarada o'tkazishi mumkin.