Mutaxassislar taklifiga ko‘ra, neyron tarmoq ko‘cha videokameralaridan olingan tasvirlarni qayta ishlaydi. Aholi punktlariga yaqinlashayotgan yenotlar aniqlanishi bilanoq, tizim ma'lumotlarni darhol hokimiyat, politsiya va ovchilarga uzatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra so'nggi o'n yillikda mamlakatda ushbu jonivorlar soni keskin ko'paygan. Oxirgi o‘n yil ichida birgina Tokio va uning yon atrof hududlarida yenotlar soni qariyb besh baravar ko‘paygan: 2012-yilda Yaponiya poytaxtida 259 ta, 2022-yilda esa 1282 ta yenot ushlangan. Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilning o‘zida yenotlar tomonidan yetkazilgan zarar 2,8 million dollarni tashkil etgan.
Bundan tashqari, yenotlar yaponiyaga import qilingan hayvonlardir. 20-asrning o'rtalariga qadar ular mamlakatda bo'lmagan. 1970-yillarda mashhur bo'lgan "Rascal the Raccoon" anime seriyasi tufayli import qilina boshlagan. Vaqt o'tishi bilan uy hayvonlari qarovsiz qolganligi tufayli qo‘yib yuborilgan. Erkin bo'lgandan so'ng, hayvonlar tezda yangi sharoitlarga moslashib, ko‘payishni boshlagan.