Niagara sharsharasi sovuq havo tufayli muzlab qoldi

    Qoʻshma Shtatlar shimolidagi qattiq sovuq Shimoliy Amerikadagi eng kuchli deya hisoblangan Niagara sharsharasining qisman muzlashiga olib keldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

    Bir necha kun davomida AQSHning kontinental shtatlari — Kaliforniyadan Nyu-Yorkka qadar harorat odatdagidan 14-19 darajagacha pasaygan. Bunday sovuq antarktika izgʻirinlariga oʻxshaydi. Amerika deyarli 20 yildan beri bunday sovuqni koʻrmagan. 100-yil ichida birinchi marta Niagara sharsharasi muzlab qoldi.

    Soʻnggi yillarda Qoʻshma Shtatlarda deyarli har yili gʻayritabiiy sovuq va qorli qish kuzatilmoqda.

    Agar bir necha oʻn yillar oldin Shimoliy Amerikani katta qor qatlami bilan qoplagani va -30˚ ...- 40˚ haroratda muzlab qolganini tasavvur qilishning iloji boʻlmagan boʻlsa, endi bu ob-havo hech kimni ajablantirmaydi. Bunday sovuq havo Niagara sharsharasidagi kuchli suv oqimining tez muzlashiga sabab boʻldi.