Quvvati 1 560 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasining umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Loyiha 2024-yilning yakuniga borib ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Yangi issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,2 milliard kub metr tabiiy gaz sarfiga ega boʻlib, 1,1 milliard kub metr gazni tejaydi. Uning foydali ish koeffitsiyenti 63 foizni tashkil etadi.
Stansiya qurilishi davomida 2 000 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi va IES ishga tushirilgach, 150 nafarga yaqin mutaxassis doimiy ish bilan taʼminlanadi.
2020-yilning dekabr oyidan boshlab oʻtkazilgan tadqiqotlar natijada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun 150 gektar yer maydoni ajratildi.