Ikki poezd ta'mirlash ishlari olib borilayotgan qurilish krani bilan to'qnashib ketdi. Ulardan biri rel`sdan chiqib ketgan, unda 50 ga yaqin yo'lovchi bo'lgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo'lgan, u qurilish ishchisi bo'lgan. 19 yo'lovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisa sabablari hali aniqlanmagan, tergov davom etmoqda, deya xabar beradi mahalliy politsiya.