Niderlandiyada qurilayotgan ko'prik qulab tushdi

    Niderlandiyaning Loxem shahri yaqinida qurilayotgan ko'prikning qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi va ikki kishi jarohatlandi.

    “Voqea ko'prik qurilayotgan paytda sodir bo'ldi, Afsuski, ikki kishi hayotdan ko'z yumdi, ikki kishi jarohatlandi” deyiladi xabarda.

    Voqea joyida qutqaruv xizmatlari yetib keldi. Fojiaga nima sabab bo'lgani noma'lumligicha qolmoqda, voqea yuzasidan tergov boshlangan, deb xabar beradi report.az.