Niderlandiyada samolyot halokatga uchradi

    Niderlandiyaning A58 trassasida Shimoliy Brabant viloyatidagi Ruxpena shahri yaqinida kichik samolyot qulab tushdi. Halokat oqibatida uchuvchi halok bo'ldi. Samolyotda undan boshqa odam yo'q edi.

    Hodisa tufayli avtomagistral har ikki yo'nalishda ham yopildi, voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Yo'ldagi vayronalarni tozalash biroz vaqt talab qilishi mumkin.

    Halokatga uchragan samolyot turi va fojia sabablari noma'lumligicha qolmoqda, deb xabar beradi report.az.

    Halokatga guvoh bo'lgan bir necha kishining ta'kidlashicha, qulab tushgan samolyotdan chiqayotgan tutun uzoqdan ko'rinib turgan.