Niger: jangarilarning hujumi oqibatida 20 nafardan ortiq kishi halok bo'ldi

    Mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilindi.

    Niger janubi-g'arbida jangarilarning hujumi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo'ldi, to'qqiz kishi yaralandi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.

    Unga ko'ra, voqea Tilaberidagi Tera departamentida sodir bo'lgan. Ayrim “qurolli terrorchi guruhlar” tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 20 nafar harbiy va 1 nafar fuqaro halok bo'ldi.

    Mamlakatda qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e'lon qilindi.

    Mali va Burkina-Faso bilan chegaralar yaqinida joylashgan Nigerning janubi-g'arbiy hududlari bir necha yillardan beri ekstremistik va terroristik guruhlar faolligining kuchaygan hududiga aylanib bormoqda, deb xabar beradi tass.ru.