Nigerda suv toshqini oqibatida 270 nafardan ortiq odam halok bo'ldi

    Rekord darajadagi yog'ingarchilik tufayli Nigerda kamida 273 kishi halok bo'ldi, 700 mingdan ortiq kishi o'z uyini tashlab ketishga majbur bo'ldi.

    Sahroi Kabirning Niger sektorida joylashgan, odatda Afrikadagi eng issiq va quruq shaharlardan biri hisoblangan Agades shahri suv ostida qoldi.

    Milliy fuqaro mudofaasi xizmatining qayd etishicha, eng ko'p zarar ko'rgan hududlar – Taua va Maradi, ularda mos ravishda 87 va 86 kishi qurbon bo'ldi. Mamlakatda 73 mingdan ortiq turar-joy binolari vayron bo'ldi, deb xabar beradi report.az.