Nigeriya Sukerberg kompaniyasini jarimaga tortdi

    Nigeriya hukumati Amerikaning Meta kompaniyasini shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish qoidalarini buzgani uchun 220 million dollar jarimaga tortdi.

    Bu haqda Respublika Raqobat va iste'molchilar komissiyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Adamu Abdullahi Abujadagi brifingda ma'lum qildi.

    “Tergov shuni ko'rsatdiki, kompaniya uzoq vaqt davomida egalarining roziligisiz shaxsiy ma'lumotlarni o'zlashtirib, iste'molchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish bo'yicha amaldagi standartlarning buzilishiga olib keluvchi harakatlarga yo'l qo'ygan”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi Nairametrics axborot portali. Abdullohiyning so'zlariga ko'ra, Meta faoliyatida ham kamsitish amaliyoti, ham bozordagi hukmron mavqeini suiiste'mol qilishga yo'l qo'yilmoqda.

    Nigeriyaning bir nechta davlat idoralari ishtirok etgan tergov 2021-yilning mayidan 2023-yilning dekabrigacha o'tkazildi. Regulyator WhatsApp va Facebook ijtimoiy tarmoqlarining algoritmlari va ishlash usullarini o'rganib chiqdi, deb xabar beradi tass.ru.