Nigeriyada masjidga qilingan hujum oqibatida halok bo'lganlar soni 50 nafarga yetdi

    Nigeriya shimoli-g'arbidagi masjidga qurolli guruhlar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 50 kishi halok bo'ldi, 60 kishi o'g'irlab ketildi.

    Bu haqda Reuters mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib xabar bermoqda.

    Voqea 19-avgust kuni Malumfashi okrugidagi Unguvan-Mantau aholi punktida bomdod namozi vaqtida sodir bo'lgan.

    Guvohlarning so'zlariga ko'ra, qurollangan shaxslar mototsikllarda kelib, masjid ichida o't ochgan, so'ngra qishloq bo'ylab yo'l olgan.

    Katsina shtati politsiyasi vakili Abubakar Sodiq Aliyuning aytishicha, huquq-tartibot xodimlari hujum uyushtirgan shaxslarni qo'lga olgan va ikki qishloqqa rejalashtirilgan hujumning oldini olgan. Biroq ular Mantau orqali qochib o'tishganida, yana aholiga qarata o't ochgan. Xavfsizlik kuchlari yetib kelguniga qadar ular bir necha uyga ham o't qo'yishgan.

    Reuters agentligining qayd etishicha, jinoiy guruhlar so'nggi yillarda Nigeriya shimoli-g'arbidagi qishloqlar va magistral yo'llarga hujum qilib, qishloq aholisini to'lov evaziga o'g'irlab, fermerlardan pul undirmoqda, deb xabar berdi report.az.