Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi rahbari Jide Idrisning aytishicha, mamlakatda 36 shtatdan 33 tasida 39 ta tasdiqlangan mpox holatlari qayd etildi. Hozircha qurbonlar yo'q. Rasmiylar epidemiologik vaziyatni kuchaytirilgan nazoratga o'tmoqda va virus tarqalishini to'xtatish maqsadida kasallanganlar bilan aloqada bo'lgan shaxslarni aniqlamoqda. Yangi holatlarni o'z vaqtida va erta aniqlash choralari ko'rilmoqda, emlash rejalari tuzilmoqda.
Hozirgi mpox epidemiyasi Kongo Demokratik Respublikasida boshlangan va shundan beri Afrikaning 17 mamlakatiga tarqaldi. Umuman olganda, 38 ming infeksiya holati qayd etildi, 1,4 ming kishi vafot etdi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mpox kasalligining avj olishiga qarshi maxsus choralar ko'rish tavsiya etilgan davlatlar ro'yxatiga beshta Afrika davlati – Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi, Keniya, Ruanda va Uganda kiritildi, deb xabar beradi report.az.