Oldinroq favqulodda vaziyatlar xizmatlari RIA Novostiga Nijegorod viloyatining Kstovskiy tumanida kichik samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yong'in kelib chiqqani, u o'chirilgani haqida xabar bergandi.
“Kstovskiy tumanida, Novolikyeyevo aholi punkti yaqinida yengil motorli samolyot qattiq qo'ndi va yonib ketdi. Afsuski, ikki kishi halok bo'ldi”, deyiladi xabarda.
Yong'inni o'chirishga olti nafar mutaxassis va ikkita texnika jalb qilindi.
Voqea sabablarini tergov organlari aniqlaydi, deb xabar beradi ria.ru.