Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana bir jasadni olib chiqdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
“Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari vayronalar ostidan yana bir jasadni chiqarib olishdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq vayronalar ostidan bir kishi tirik holda olib chiqilgan edi.
Payshanba kuni Nijniy Tagilda gaz-havo aralashmasi portlashi oqibatida besh qavatli binoning ikkita podyezdi qulab tushdi. Avvalroq Sog'liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashko ma'lum qilganidek, 10 kishi kasalxonaga yotqizildi, shifokorlar besh nafar jabrlanganlarning ahvolini og'ir deb baholadi.
Voqeadan keyin Dzerjinskiy tumanida favqulodda holat joriy etildi. Hodisa yuz bergan uy va qo'shni uylardan 70 nafar aholi evakuatsiya qilindi, ular uchun mehmonxonada vaqtinchalik joylashtirish markazi tashkil etildi.
Tergov qo'mitasi iste'molchilar hayoti va sog'lig'i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atdi.
O'z navbatida, prokuratura ushbu turar-joy binosida gaz uskunalariga xizmat ko'rsatuvchi tashkilot faoliyatini tekshirishni boshladi, deb xabar beradi ria.ru.