Bu haqda Nijniy Tagil rahbari Vladislav Pinayev Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Payshanba kuni Nijniy Tagilda gaz-havo aralashmasi portlashi oqibatida 5 qavatli binoning ikkita podyezdi qulab tushdi. Yong'in yuz bermadi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi avvalroq 6 kishi, jumladan, uch bola jarohatlangani haqida xabar bergan edi, deb xabar beradi ria.ru.

“Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, yetti kishi jarohatlandi, ulardan besh nafari bolalardir”, deb yozdi u.