Chorak finalda vakilimizga ozarbayjonlik Milad Begi raqiblik qildi. So‘nggi 2 jahon chempionatlarining g‘olibi, Rio-2016 sovrindoriga qarshi kechgan jang Rafalovichning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa vakilimiz chempionlik sari navbatdagi dadil qadamni tashladi.

Hamyurtimiz endi yarim finalda misrlik Seif Issaga qarshi dayanga chiqadi. Bo‘lg‘usi bellashuvda Nikitaga omad tilab qolamiz.