Unda oilalarning buzilishi bilan bogʻliq muammolarning eng asosiy sabablari hozirgi kunda farzandsizlik, oilaviy kelishmovchilik, ichkilik va oiladagi notinchlik, migratsiya hamda moddiy yetishmovchiliklardan iborat, degan xulosaga kelindi.
Fargʻona viloyatida oʻtgan yilga nisbatan shu davr mobaynida ajrimlar soni kamayganligi tahlillarda maʼlum boʻldi. Lekin hali ogʻriqli nuqtalarimiz koʻp aslida. Masalan, oʻz farzandini sotib yuborayotgan holatlar koʻpayib boryapti. Bu esa oxirgi holat, bizningcha. Bu voqeliklarning kelib chiqishiga esa uzoq yillik turmushning darz ketishi, oilaviy qiyinchilik va kelishmovchiliklar sabab boʻlayotir.
Jamiyatda oilaga munosabat oʻzgarib boryapti. Ajrimlar yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini, oila muqaddas qoʻrgʻon ekanligini bola ongiga singdirishni maktabdan boshlashimiz kerak. Bu eng toʻgʻri va oqilona yoʻl. Bundan tashqari, hali rasman tasdiqlanmagan boʻlsa ham nikoh yoshini qizlarga nisbatan oshirish masalasi toʻgʻri oʻrtaga qoʻyilgan. Buni shakllantirish va yana-da mukammalroq ishlab chiqish lozim. Qizlarning nikoh yoshini oshirilishi ajrimlarning sezilarli darajada kamayishiga turtki boʻladi. Chunki, nikohga kirayotgan, katta yoʻl yoqasidagi odam voyaga yetgan boʻlishi lozim. Statistika boʻyicha, nikohga kirayotganlarning asosiy qismi 20 yoshdan oshgan yoshlar.
— Sharʼiy nikoh bilan yashash holatlari oʻtgan yilga nisbatan keskin farq qilmayotganining asosiy sababi – ajrimlarning koʻpligida, — deydi Toshloq tuman FHDYO boʻlimi mudirasi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Gulyuz Saidova. — Bu ikki masala esa bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Chunki ajrashib uylanganlar ajrim uzoq jarayon ekanligi uchun ikkinchi nikohni deyarli qonuniylashtirmaydi. Bundan tashqari, ajralishayotgan oilalarning aksariyati sudda yoki FHDYO boʻlimlarida oʻzaro kelisha olishmaydi.
Yoshlar bilan suhbatlar jarayonida aynan mana shu masalalar bilan birgalikda er va xotin bir birlarining oldidagi masʼuliyatlari, har ikkala tomon ham teng huquqli ekanligi tushuntirildi. Suhbatlar soʻngida diniy, dunyoviy, hayotiy savollarga mutaxassislar toʻliq ravishda javoblar berdilar.
Elyorjon Ehsonov, DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi Jamoatchilik va OAV bilan ishlash shoʻbasi yetakchi maslahatchisi.