баннер
23 Apr 2025
10:17

    Nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri” bekor qilinadi

    Davlat rahbari qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oʻzgartirish kiritilishini tasdiqladi.

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 9-aprel — oiladagi zoʻravonlikka qarshi qonun qabul qilinganiga ikki yil toʻlgan kunda davlat rahbari qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid juda muhim oʻzgartirish kiritilishini tasdiqlaganini maʼlum qildi.

    Prezident yordamchisi kurash hech qachon tugamasligini maʼlum qildi.

    Buni ayollarni oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish, ularning huquqlarini hurmat qilish yoʻlidagi katta qadam deb hisoblayman. Agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duch kelsa, u yerda murosaga kelish, yarashish har qanaqasiga imkonsizdir.
    Bu nafaqat ayollar, balki shunday sharoitda yashayotgan va tarbiyalanayotgan bolalar uchun ham muhimdir.
    Qonunchilikka ushbu tuzatishlar kiritilishi ustida ishlagan katta jamoa siz tomonda.
    Yoʻl qanchalik mashaqqatli boʻlmasin, oʻzingiz va farzandlaringiz tinchligini tanlang. Ota-onalar esa shuni yaxshi tushunib olishlari kerak: qizingizning zoʻravonlikdan qochib uyga kelishi emas, balki zoʻravonlikka toqat qilishga majbur boʻlishi — haqiqiy sharmandalikdir”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech