Nikol Pashinyan Yerevan va Boku chegarani delimitatsiya qilishning amaliy jarayonini boshlaganini ma'lum qildi

    Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan va Boku chegaralarni delimitatsiya qilishning amaliy jarayonini boshlaganini, bu juda muhim ekanini aytdi.

    Bu haqda u Armaniston jamoat televideniesi orqali namoyish etiladigan britaniyalik jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Biz Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi chegarani delimitatsiya qilish bo'yicha amaliy jarayonni boshladik, bu nihoyatda muhim, jumladan, xavfsizlikka nisbatan xavfni kamaytirish uchun”, dedi Pashinyan.

    Uning so'zlariga ko'ra, Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida sobiq Ittifoq parchalangan paytda mavjud bo'lgan chegaralarni tiklash zarur. “Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida yangi chegaralar o'rnatishga hojat yo'q, lekin biz sobiq Ittifoq parchalangan paytda mavjud bo'lgan yerdagi chegaralarni tiklashimiz kerak”, dedi Pashinyan.