Bu haqda Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklarining qo'shma bayonotida ma'lum qilindi.
“Ikki tomonlama muzokaralar normallashtirish jarayoni bilan bog'liq barcha masalalarni muhokama qilish uchun eng samarali format ekanligi tasdiqlandi va shu asosda natijaga yo'naltirilgan bunday muloqotni davom ettirishga qaror qilindi”, deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlari “chegaralarni delimitatsiya qilish jarayonida erishilgan yutuqlarni qayd etib, tegishli davlat komissiyalariga bu boradagi amaliy ishlarni davom ettirish bo'yicha topshiriqlar berishdi”.
“Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama muzokaralar va ikki davlat o'rtasida ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlarini davom ettirishga kelishib olishdi”, deyiladi xabarda.
Pashinyan va Aliyev, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga samimiy mehmondo'stlik va ikki tomonlama uchrashuvni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar beradi interfax.ru.








