Tadbirda fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro M.ni qadimiy tilla tangalarni oʻtkazish orqali daromad orttirishga qiziqtirib, tilla rang koʻrinishidagi 20 dona tangalarni “Nikolay-5” tilla tangasi deb har birini 300 AQSH dollaridan hisoblab, jami 6 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.