Dunyo bo'ylab “Gozi” kompyuter virusi tarqalishi oqibatida bir milliondan ortiq kompyuter foydalanuvchilarning shaxsiy bank hisob ma'lumotlari, shuningdek kompyuter foydalanuvchi parollari o'g'irlanishiga olib kelgan.

AQShda kamida 40.000 kompyuterni, shu jumladan Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi (NASA)ga tegishli kompyuterlarni, shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya, Polsha, Frantsiya, Finlyandiya, Italiya, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi korxonalar va davlat tashkilotlariga o'n million dollardan ortiq moddiy zarar yetkazgan.

Kompyuter virusi, antiviruslar tomonidan aniqlanmaydigan qilib yaratilgan.

Egallangan ma'lumotlar kiberjinoyatchilar tomonidan boshqariladigan kompyuter serveriga uzatilgan.

Hozirda mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida Ruminiyaning 37 yoshli fuqarosi qo'lga olinib, AQShga ekstraditsiya qilingan.