Niqob taqishni xohlamaslik nimadan darak beradi?

    Bilasizmi? 28 Oktabr 2020 248

    Braziliyalik mutaxassislar bunda ruhiy holatning buzilish belgilarini koʻrgan. Bu haqda 15 yoshdan 73 yoshgacha 1 500 kishi ishtirok etgan tadqiqot natijalari guvohlik beradi.

    Maʼlum etilishicha, niqob taqishni inkor qiluvchi shaxslarda adovat va xavf-xatarni kutib yurish xislatlari mavjud ekan. Bunday xislatlar, odatda “shaxsning ijtimoiy buzilishi” tashxisi bilan “kasallangan”larda urar ekan. Ushbu tashxis har xil darajaga ega boʻlishi mumkin boʻlib, oʻzini yomon tutishga yoki koʻp martalab qonunni buzishga, hatto sodir etishga ham olib kelar ekan, deb xabar beradi lenta.ru.

    Tadqiqot xulosasida “Ushbu xislatlar, qisman boʻlsada, bunday odamlarning hatto kasallik va oʻlim sonining koʻpayib ketganida ham oʻzini tuta olmaslikni davom ettirishi sababini tushuntiradi”, — deb taʼkidlanadi.