Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen X (oldingi Twitter) sahifasida ma'lum qildi.
“Nitssada shu kechada sodir bo'lgan yong'in yetti kishining, jumladan, uch nafar bolaning o'limiga sabab bo'ldi, deb yozadi Darmanen. O't o'chiruvchilarning tezda yetib borishi, shubhasiz, ko'proq qurbon bo'lishining oldini oldi”.
BFMTV telekanalining aniqlik kiritishicha, yong'in ko'p qavatli turar-joy binosining yuqori qavatida joylashgan xonadonda sodir bo'ldi. Unda bir oilaning 10 a'zosi yashar edi. O't o'chiruvchilar yonayotgan binodan 30 dan ortiq odamni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo'ldi. Qasddan o't qo'yilgan bo'lishi mumkinligi ustuvor versiya hisoblanadi, deya ta'kidladi telekanal, Nitssa prokuraturasiga tayanib.
Yong'in o'chirildi, deb xabar bermoqda telekanal. Yong'inga 85 nafar o't o'chiruvchi 30 ta maxsus texnika safarbar etildi, deb xabar beradi tass.ru.