Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, yangi korxona ishga tushirilishi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Xitoylik investorlar tomonidan umumiy 1 million 200 ming dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish hisobiga yangidan ishga tushirilgan korxonada «Shыlpыq» brendi bilan tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqariladi. Korxona yiliga 5,7 ming tonna tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Uskunalar Xitoy davlatidan keltirilib o‘rnatilgan bo‘lib, 29 ta doimiy ish o‘rni yaratildi, deb xabar beradi Qaraqalpaqstan xabar agentligi.